Konstantin I
Qiyofa
(Flaviy Valeriydan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Konstantin I, Flaviy Valeriy, Buyuk Konstantin (taxminan 285, Naissus — 337, Ankiron) — Rim imperatori (306—337). Davlat boshqaruvini bosqichmabosqich markazlashtirib borgan, oldingi diniy eʼtiqod — butparastlikni saqlab qolgan holda, xristianlar cherkovini qoʻllab-quvvatlab turgan. K.I. davridagi muhim voqealardan biri — 313 yildagi Milan edikta edi. Unga binoan, xristian diniga eʼtiqod qiluvchilarga erkinlik berilib, cherkov va cherkov mulklari qaytarib berildi. 324—330 yillarda Vizantii shahri oʻrnida yangi poytaxt — Konstantinopolta asos solgan. K.I davrida uning gʻalabalari sharafiga Rimdagi Zafar darvozasi qurilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |