Kontent qismiga oʻtish

Fermion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fermi zarralardan yoʻnaltirildi)

Fermion yarim spinli elementar zarrachadir. Italyan fizigi Enrico Fermi sharafiga shunday nomlangan. Fermionlar Fermi-Dirac statistikasiga boʻysunadi. Fermionlarga proton va elektron misol boʻlishi mumkin. Standart Modelda fermionlarning ikki tipi: kvark va leptonlar ajratiladi. Fermionlarning 24 hidi bor: 6 ta kvark, 6 ta aksilkvark, 6 ta lepton va 6 ta aksillepton uchun.

Fermionlar, Fermi zarralar —yarim butun (Y birliklarida ʻ/2, 72,...) spinga ega boʻlgan zarralar yoki kvazizarralar. fermion safiga kvarklar (va kvarklardan tuzilgan barionlar — proton, neytron, giperon va boshqalar) hamda leptonlar (elektron, myuon, u lepton, neytrinolarning hamma turlari) va ularning antizarralari kiradi. Toq sondagi fermionning bogʻlangan tizimlari ham fermiondir. Fermion uchun Pauli prinsipi oʻrinli, ayniy fermion tizimi Fermi — Dirak statistikasiga boʻysunadi.

Bozonlardan farqli oʻlaroq, berilgan vaqtda kvant holatida faqatgina bitta fermion boʻlishi mumkin (Pauli prinsipi). Yaʼni, fazoning bir nuqtasini bittadan koʻp fermion egallasa, har bir fermion xossalari (masalan, spini) boshqalarinikidan farq qilishi zarur. Shuning uchun fermionlar materiya, bozonlar esa nurlanish asosini tashkil etadi (biroq ular orasidagi farq kvant fizikasida hali toʻla-toʻkis ayon emas).

 k  m  t 
Elementar zarrachalar
Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar
Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon
Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar