Kontent qismiga oʻtish

Kafa

Koordinatalari: 45°2′56″N 35°22′45″E / 45.04889°N 35.37917°E / 45.04889; 35.37917
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Feodosiyadan yoʻnaltirildi)
Kafa
45°2′56″N 35°22′45″E / 45.04889°N 35.37917°E / 45.04889; 35.37917
Mamlakat Ukraina
Kafa xaritada

Kafa yoki FeodosiyaUkrainaning Qrim Respublikasidagi shahar. Qrim yarim orolning janub-sharqiy sohilida. Simferopoldan 116 km sharqsa. Qora dengiz boʻyidagi port, temir yoʻl stansiyasi, balneologik iklim kurorti. Aholisi 75 ming kishi chamasida (2001).

Kafaga miloddan avvalgi 6-asrning oʻrtalarida asos solingan. Ikkinchi jahon urushidan keyin shahar qayta tiklandi, kurort markazlaridan biriga aylandi. Yozi issiq, qishi iliq, yiliga 360 mm yogʻin tushadi. Davolash vositalari: iklim, dengizda choʻmilish, mineral buloq suvlaridan ichish, Ajikoʻl balchigʻi. Shaharda oziq-ovqat (sut, tamaki va boshqa zavodlar), qurilish materiallari, metadlsozlik sanoati mavjud. Mebel, ofset, oʻyinchoq fabrikalari bor. Oʻlkashunoslik muzeyi, I. K. Ayvazovskiy nomidagi (F.da tugʻilgan) kartinalar galereyasi, rus yozuvchisi A.S. Grinning adabiymemorial muzeyi faoliyat koʻrsatadi. 14—15 a.larga oid genuyaliklar qalʼasi qoldiklari, Ioann Predtecha, Stefan, Arxangellar, Sergiy cherkovlari (hammasi 13—14-asrlar), Muftiy Jome masjidi (17-asr) kabi meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.