Kontent qismiga oʻtish

Kretinizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fagg kasalligidan yoʻnaltirildi)

Kretinizm (frans. cretin — aqli past), tugma gipotireoz, Fagg kasalligi — qalqonsimon bez fa-oliyatining buzilishi, shuningdek, jismoniy va ruhiy jiqatdan rivojlanishda orqada qolish bilan ifodalanadigan kasallik. K.ning bukrkli va bukrqsiz xillari bor. Qalqonsimon bezda tugma kamchiliklari bor kishilarda, suvda yod kam joylarda yoki irsiy kasalliklar sifatida uchraydi. Bemorlarning gavda qismlari nomutanosib: oyoq-qoʻli, barmoklari kalta, oyoqlari qiyshiq, kallasi, qulogʻi, ogʻzi katta va beoʻxshov, yuzi kerkkan, tishlari siyrak va mayda, tili kalta, sochlari siyrak, toʻkiluvchan, sinuvchan, jinsiy aʼzolari ham toʻzuk rivojlanmagan boʻladi.

Bemorlar qalqonsimon bezdagi kamchiliklarni tiklaydigan dorilar bilan davolanadi. Juda yoshligidan davolangan bemorlar oʻzini-oʻzi uddalab, joʻnroq ishlarni eplay oladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil