Kontent qismiga oʻtish

Edinburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Edinburghdan yoʻnaltirildi)

Edinburg — FertofFort qoʻltigʻi sohilida joylashgan Buyuk Britaniyadagi shahar. Shotlandiyaning bosh shahri, Lotian rayonining maʼmuriy markazi. Aholisi 380,5 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Madaniyat va sanoat markazi. Qogʻoz, poligrafiya, oziq-ovqat (jumladan, pivo pishirish va viski ishlab chiqarish), mashinasozlik (tibbiyot asboblari ishlab chiqarish, priborsozlik, elektrotexnika, radioelektronika), kimyo (farmatsevtika, oʻgʻitlar ishlab chiqarish) korxonalari mavjud. Universitet (XVI asrdan), Shotlandiya akademiyasi, rasadxona, Shotlandiya Qirollik muzeyi, Milliy muzey, Milliy galereya, Edinburg muzeyi va boshqalar mavjud. Shahar VI asrdan maʼlum. XV asrdan Shotlandiya poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan sobiq qirol koʻshki (XI—XVI asrlar), Shotlandiya qirollari saroyi (1128) va boshqalar XI—XIX asrlarda qurilgan binolar saqlangan.