Kontent qismiga oʻtish

Dahkat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dukenttepadan yoʻnaltirildi)

Dahkat, Dukenttepa — oʻrta asr shahar harobasi (6—16-asrlar). Ohangaron daryosi irmogʻi Dukentsoyning oʻng qirgʻogʻida, Angren sh.dan taxminan 8 km shim.dagi Dukent qishlogʻida joylashgan. D. oltin va kumush konlariga boriladigan yoʻl yoqasidagi mustahkam qalʼa-shahar hisoblangan. Sharq manbalari (mas, "Hudud ul-olam", 10-asr)da yozilishicha, D. Shoshning obod shaharlaridan sanalgan, D. harobasini 1958-yil arxeolog V. D. Jukov tekshirib, kumush tangalar topgan. Yu. F. Buryakov arxeologik qazish va kuzatuv ishlari olib borgan (1959, 1960, 1966), D. ark (mayd. 0,5 ga) va shahriston (mayd. 7,5 ga) dan iborat boʻlgan. Arkning bal. 6– 8 m. Ilk oʻrta asrga oid sargish, och kizil rang bilan boʻyalgan sopol (Mingoʻrik topilmalariga oʻxshash), shisha buyumlar, yorgʻuchoqlar, burama kumush bilaguzuklar (10— 12-asrlar), kumush va mis tanga xazinalari (11 — 12; 13— 16-asrlar) topilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil