Ivan Dobrovolskiy
Qiyofa
(Dobrovolskiy Ivan Vikentyevichdan yoʻnaltirildi)
Ivan Vikentyevich Dobrovolskiy (1780—90-yillar orasida, Mogilyov gubernyasi — 1851, Grodno) — rus musiqa folklorshunosi, sozanda, kapelmeyster, musiqa-jamoat arbobi. taxminan 1810-yildan Astraxonda yashagan. 1816-yildan "Osiyo musiqa jurnali" ("Aziatskiy muzikalniy jurnal")ni nashr ettirgan. Jur.ning 8 soni (yaʼni 1816-yilda № 1 va № 2, 1817-yilda № 3 va №4, 1818-yilda № 5—8) chop etilib, unda D. Oʻrta Osiyo (xususan oʻzbek, turkman, qirgʻiz va b.), Kavkaz (arman, lezgin, kabardin, cherkas, chechen va b.) xalqlari, shuningdek, Astraxon tatarlari, qalmoklar musiqa folklori na-munalarini toʻplagan va yevropacha us-lubda (fortepiano ijrosi uchun, garmoniyalashtirib) ilk bor nashr etgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Karomatov F., Iz istorii zapisi muzikalnogo folklora v Oʻzbekistane.— Voprosi muzikalnoy kulturi Oʻzbekistana, vip. 2, T., 1969.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |