David Ebersman
Devid Ebersman (inglizcha: David Ebersman) — Facebook kompaniyasining moliyaviy direktori.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Devid Ebersman Nyu-York shtatining „Trinity School“ maktabida oʻqigan va 1987-yilda bitirgan, keyin Braun universitetiga oʻqishga kirgan va 1991-yil iyun oyida iqtisodiyot sohasini bitirgan[1].
Karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ebersman oʻzining professional faoliyatini Oppenheimer & Coruen kompaniyasida 1991-yil sentyabr oyida tahlilchi sifatida boshlagan. 1994-yil fevral oyida Devid Oppenheimer & Co kompaniyasini tark etib, Genentechga qoʻshildi va u yerda 2009-yil apreligacha qoldi.
2009-yil sentabr oyida Facebook-da moliyaviy direktor (CFO) sifatida ishlay boshladi. Uning bevosita ishtiroki bilan kompaniyaning IPO amalga oshirildi. Forbes tahlilchilari Ebersmanning aktsiyalarini savdoga qoʻyishdan oldin notoʻgʻri xatti-harakatlarini tan oldilar. Haddan tashqari emissiya va ortiqcha narxlanish natijasida, aktsiyalar joylashtirilganidan keyin keskin ravishda qadrsizlandi[2]. IPOdan soʻng, Facebookning ommaviy kompaniya sifatidagi birinchi moliyaviy hisoboti taqdimotidan soʻng, Ebersman foydaning pasayishini kompaniya xodimlari uchun 1,1 milliard dollar miqdorida kompensatsiya sifatida aksiyalarni chiqarish zarurati bilan asosladi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „David Ebersman: Executive Profile & Biography - Businessweek“ (en). Investing.businessweek.com. 2013-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-mart.
- ↑ Михаил Левин. „Первые итоги IPO Facebook: страхи, надежды и большой скандал“ (ru) (deadlink). Forbes. forbes.ru (2012-yil 23-may). 2012-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-mart.
- ↑ Ольга Волкова. „Facebook упал в глазах инвесторов“ (ru) (deadlink). Коммерсантъ. kommersant.ru (2012-yil 27-iyul). 2012-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-mart.