Stanok
Qiyofa
(Dastgohdan yoʻnaltirildi)
Stanok — metall, yogʻoch, tosh, suyak va boshqalarga ishlov berish, gazlama toʻqish uchun moʻljallangan mashina. Vazifasiga koʻra, tokarlik, silliqlash, parmalash, frezerlash, toʻqish S.lari va boshqa xillarga bulinadi. Ishlov berish anikdigiga kura, normal (N), yuqoriroq (P), yuqori (V), juda anik, (S) va juda yuqori aniq (A) stanoklar boʻladi. Ogʻirligi jihatdan 100 kN (10 t) dan ortiq (ogʻir), 100 kN (10 t) gacha (oʻrtacha ogʻir) va 10 kN (1 t) gacha (yengil) xillarga boʻlinadi. Koʻpchilik stanoklar avtomatik boshqarish tizimlari bilan jihozlanadi. Oʻzbekistonda qad. toʻquv stanoklari dastgoh yoki doʻkon deb atalgan[1].