Kontent qismiga oʻtish

Erkakning koʻzyoshlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Cry Macho (film)dan yoʻnaltirildi)
Erkakning koʻzyoshlari
Cry Macho

Film posteri
Rejissyor(lar) Clint Eastwood
Prodyuser(lar)

Albert S. Ruddy

  • Tim Moore
  • Jessica Meier
  • Clint Eastwood
Ssenariynavis(lar)
  • Nick Schenk
  • N. Richard Nash
Rollarda
  • Clint Eastwood
  • Dwight Yoakam
Bastakor(lar) Mark Mancina
Kinematografiya Ben Davis
Muharrir(lar)
  • Joel Cox
  • David Cox
Studiya(lar) Malpaso Productions
Distribyutor Warner Bros. Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 104 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til
  • inglizcha
  • ispancha
Byudjeti $33 million
Daromadi $16,5 million

Erkakning koʻzyoshlari (inglizcha: Cry Macho) — Clint Eastwood rejissorlik va produserlik qilgan, 2021-yilgi neo-Western janridagi AQSh filmi. Nik Shenk va marhum N. Richard Nesh ssenariysi Neshning 1975-yilda yozilgan xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan. Syujet Meksikadagi yosh bolani (Eduardo Minett) Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi otasi (Dwight Yoakam) bilan birlashtirish uchun yollangan sobiq rodeo yulduzi (Eastwood) haqida.

Erkakning koʻzyoshlari AQShda kinoteatrlarida Warner Bros. tomonidan 2021-yilning 17-sentabridan namoyish etila boshladi. Bir vaqtning oʻzida HBO Max striming xizmatida 31 kun mobaynida koʻrsatildi. U 33 million dollarlik ishlab chiqarish byudjyetiga nisbatan 12,8 million dollar toʻplab, kassada past natija koʻrsatdi va tanqidchilar tomonidan turlicha baholandi. Eastwood’ning ijrosi va filmning ohangi qarama-qarshi kutib olindi.

Oʻzbekcha dublyaj

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film oʻzbek tiliga „Favvora“ film studiyasi tomonidan oʻgirilgan[manba kerak].

  • Muhammadjon Xoʻjayev — Mike Milo
  • Behzod Muhammadkarimov — Howard Polk
  • Abdulhay Otaxoʻjayev — Rafael „Rafo“ Polk
  • Dildora Bekjonova — Marta

Bundan tashqari, tarjimon — Firdavs Xoʻjayev, dublyaj va ovoz rejissori — Jamshid Tangliberdiyev, rejissor yordamchisi — Raʼno Suyunova, montaj ustasi — Hamidulla Latipov, texnik xodim — Muhammadali Rashidov, muharrir — Baxtiyor Karimov.