Konsepson
Qiyofa
(Concepción (Chili)dan yoʻnaltirildi)
Konsepsion | |
---|---|
Gerb | Bayroq |
Xarita | |
Hukumat | |
Davlat: | Chili |
Gubernator: | Patricio Kuhn |
Geografik xarakeristika | |
Maydoni | 221,6 km² |
Aholisi: | 216.061 (2002) |
Telefon prefiksi: | +56 |
Konsepson — Chilining markaziy qismidagi shahar. Bio-Bio viloyatining maʼmuriy markazi. Temir yoʻl tuguni. Tinch okean sohilidagi port. Aholisi 362,6 ming kishi (1997). Mamlakatning muhim transport-iqtisodiy markazi. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, toʻqimachilik (ip gazlama, jun gazlama), oziq-ovqat (jumladan, un tortish, shakarqand, konserva) sanoatlari rivojlangan. Konsepson yaqinidan toshkoʻmir olinadi, metallurgiya zavodi qurilgan. Universitet bor. Shaharga 1550-yilda asos so-lingan. 1960-yilgi zilzilada vayron boʻlgan, keyinchalik qayta tiklangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Concepción (isp.)
- Encyclopedia Britannica — Concepción (ingl.)
Wikimedia Commonsda Concepción mavzusiga oid fayllar bor. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |