Kontent qismiga oʻtish

Dimetilanilin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(C6h5n 2dan yoʻnaltirildi)

Dimetilanilin , C6H5N(CH3)2 — uchlamchi aromatik amin. Mol. m.121. Rangsiz suyuqlik, qavoda oksidlanib, qoʻngʻir rangga kiradi. Qaynash temperaturasi 192,5—193,5°, suyuqlanish temperaturasi 2,5°. Suvda deyarli erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. D. sanoat miqyosida anilin bilan metil spirtdan (sulfat kislota ishtirokida) olinadi. D. boʻyoqlar (malaxit koʻki) sintezida, rangli fotografiyada va portlovchi moddalar (mas, tetril) i. ch.da keng qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil