Kontent qismiga oʻtish

Karbazol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(C12H9Ndan yoʻnaltirildi)

Karbazol, dibenzopirrol, d i fenilenimin, C12H9N — rangsiz kristall modda. Ikkita benzol va bitta pirrol halqadan tuzilgan. Mol. m. 167,2. Suyuqlanish temperaturasi 247°, qaynash temperaturasi. 355°; yengil haydalanadi. Suvda erimaydi. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Karbazol kuchsiz asos, kislotalar bilan beqaror tuzlar hosil qiladi. Karbazol, asosan, toshkoʻmir (antratsen moyi)dan va sunʼiy usulda ortoaminodifinil, fenantren 2-aminodifenilamin va b.dan olinishi mumkin. Karbazol va uning hosilalari dorivor moddalar, boʻyoklar, insektitsidlar, termoplastik materiallar olishda ishlatiladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil