Afrikanerlar
Qiyofa
(Burlardan yoʻnaltirildi)
Afrikanerlar (burlar; golland-cha — „dehqon“ soʻzidan) — JARda yashovchi xalq. XVIII asrda koʻchib kelgan golland, fransuz va nemis mustamlakachilarining avlodlari, qisman mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar. A.ning umumiy soni 3 mln.dan oshiq kishi (1992). German tillari guruhidagi afrikaans tilida soʻzlashadi. Dindorlari xristian-protestantlar. Afrikanerlar dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadilar. Afrikanerlar madaniyat va turmushlarida Yevropa normalariga rioya qiladilar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |