Kontent qismiga oʻtish

Valeriy Bryusov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bryusov Valeriy Yakovlevichdan yoʻnaltirildi)
Valeriy Bryusov

Valeriy Bryusov 1900-yilda
Tavalludi 1 (13) dekabr 1873 va 13-dekabr 1873[1]
Vafoti 9-oktyabr 1924[2][3][4][5][1]
Moskva, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Otasi Yakov Kuzmich Bruce

Valeriy Yakovlevich Bryusov [1873.1. (13). 12 Moskva 1924.9.10] – rus yozuvchisi, dramaturg. Moskva universitetini bitirgan (1899). Ilk sheʼrlari Gʻarb sheʼriyati taʼsirida yozilgan (1894—95). „Durdonalar“ (1895), „Bu – men“ (1897), „Uchinchi qorovul“ (1900) toʻplamlari Bryusov ijodi kamolotidan darak beradi. Mazkur asarlarda uning ijodiga xos ilgʻor xususiyatlar – obrazlarning maromiga yetganligi, har bir sheʼr va butun kitobning qatʼiy kompozitsiyaga egaligi, notiqlik sanʼatining kuchliligi sezilib turadi. „Odamovilar“ (1900—01) dostonida oʻsha davr tuzumi keskin tanqid qilinadi. „Shaharlarga va jahonga“ (1903) toʻplamiga kirgan asarlarida ishchi mehnati madh etiladi. Bryusov 20-asr boshlarida rus adabiyotidagi modern va simvolizm oqimi rahnamosi boʻldi. „Gulchambar“ (1906) sheʼriy toʻplami shoirning romantik ruhdagi eng yaxshi asari sanaladi. „Barcha motivlar“ (1909), „Soyalar koʻzgusi“ (1912), „Kamalakning yetti rangi“ (1916) sheʼriy toʻplamlarida rus jamiyatidagi, kishilar ruhiyatidagi oʻzgarishlar tasvirlanadi. „Olov farishta“ (1908), „Zafar mehrobi“ (1913) tarixiy romanlarida zamonaviy voqealarga monand mavzular topa bilgan. „Yer“ dramasida kelajak haqida fikr yuritiladi. „Soʻnggi orzular“ (1920), „Bunday kunlarda“ (1921), „Daqiqa“, „Yiroqyiroqlar“ (1922), „Shoshil“ (1924) sheʼriy toʻplamlarida Bryusov davrga hamnafas shoir sifatida namoyon boʻladi. Bryusov adabiy tanqidchi sifatida ham ijod etgan („Rus sheʼriyatida yangi oqimlar“, 1913; „Sheʼr haqida fan“, 1919; va boshqalar).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]