Kontent qismiga oʻtish

Abdumoʻmin Boymatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boymatov Abdumo‘mindan yoʻnaltirildi)
Boymatov Abdumoʻmin

Haqiqiy ismiBoymatov Abdumoʻmin
Tavalludi 1-yanvar 1931-yil
Fargʻona
Mashhur suratlari "Qoraqumda", "Karnay", "Abu Ali ibn Sino"
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq rassomi

Abdumoʻmin Boymatov (1-yanvar 1931-yil, Fargʻona) — haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (1989). Respublika rassomlik bilim yurtini (1959) va Leningrad (hozirgi SanktPeterburg) rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik institutini (1965) tugatgan. Toshkent pedagogika instituti (1966—85) va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (1978—98)da dare bergan. Boymatov dastgoxli va mahobatli haykaltaroshlikda ijod qiladi, portret ustasi. Ijodiga akademik sanʼatga xos badiiylik, mahorat, shakl pishiqligi va yaxlitligi, ulugʻvorlik ruhi xos. Muhim asarlari: "Qoraqumda" (gips, 1964), "Karnay" (bronza, 1964), "Abu Ali ibn Sino" (yogʻoch, 1967), "Fidoyi" (yogʻochgranit, 1972), "AlXorazmiy" (yogʻoch, 1972), "Al Forobiy" (gips, 1974), "Shahid ketganlar xotirasiga" (bronza, 1977), "Baxmal qizi" (yogʻoch, 1977), "Furqat va Muqimiy" (bronza, 1983), "Umar Xayyom" (gips, 1983), "Alisher Navoiy" (bronza, 1991) va boshqa; "Pop tumani askarlariga" (qizil tuf, 1970) va "Quva tumani askarlariga" (granit, bronza, 1987) va boshqa mahobatli yodgorliklar muallifi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil