Kontent qismiga oʻtish

Sergey Botkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Botkin Sergey Petrovichdan yoʻnaltirildi)

Sergey Petrovich Botkin [1832. 5 (17)9, Moskva — 1889.12(24) 12, Mentona, Peterburgda dafn etilgan] — vrach terapevt, pedagog, jamoat arbobi. 1861-yildan Peterburg Tibbiyotjarrohlik akademiyasining professor Botkin tibbiyotda yangi yoʻnalish, yaʼni kasallikning paydo boʻlishi va avj olishida nerv sistemasining ahamiyatini izohlovchi "nervizm" nazariyasini yaratdi. Sariq kasalligini chuqur talqin qildi. U organizmni atrof muhit bilan bogʻliq yaxlit tarzda oʻrgandi. Botkin fikricha, tibbiyot "kasallikning oddini olish va bemorni davolash" haqidagi fandir. Botkin hozirgi zamon terapiyasining nazariy asosini ishlab chikdi. Ilmiy ishlari yuraktomirlar sistemasi, jigar, buyrak kasalliklari, dori moddalarning taʼsirini oʻrganish, yuqumli kasalliklar, harbiydala terapiyasi va boshqalarga oid.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil