Bosh skeletsizlar
Qiyofa
(Boshskeletsizlardan yoʻnaltirildi)
Cephalochordates | |
---|---|
Branchiostoma lanceolatum lansetnigi | |
Binar nomi | |
(Haeckel, 1866[1]) | |
Guruhlar | |
| |
Sinonimlari | |
|
Bosh skeletsizlar, boshqutisizlar – xordalilar kenja tipi, ayrim maʼlumotlarga koʻra, bosh xordalilar sinfi. Boshi ixtisoslashmagan, bosh qutisi boʻlmaydi. Tanasi va ayrim ichki organlari, jumladan ayirish sistemasi va jinsiy bezlari hamda muskullari segmentlashgan. Sezgi organlari sodda tuzilgan, faqat terisida va nerv nayi boʻylab sezgir hujayralar joylashgan, yuragi boʻlmaydi, qisqarib turuvchi aortasi yurak funksiyasini bajaradi. 2 urugʻi (lansetniklar, asimmetron) maʼlum. Atlantika va Tinch okeani dengizlarida keng tarqalgan. Qora dengizda ham uchraydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- ↑ Nielsen, C. (July 2012). „The authorship of higher chordate taxa“. Zoologica Scripta. 41-jild, № 4. 435–436-bet. doi:10.1111/j.1463-6409.2012.00536.x. S2CID 83266247.