Kontent qismiga oʻtish

Grinvich meridiani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boshlang‘ich meridiandan yoʻnaltirildi)

Grinvich meridiani, boshlangʻich meridian, nolinchi meridian — Yerda geografik uzunliklarni hisoblashda shartli ravishda boshlangʻich deb qabul qilingan meridian. Xalqaro kelishuvga muvofiq, Grinvich astronomiya rasadxonasidan oʻtadi. grinvich meridiani geografik uzunliklar hisobi olinadigan boshlangʻich meridian boʻlib, nolinchi soat mintaqasining oʻrta meridiani hisoblanadi (qarang Vaqt). Grinvich meridianidagi mahalliy oʻrtacha quyosh vaqti astronomiyada keng qoʻllanadi. (qarang Dunyo vaqti).

Gʻarbda bir qancha mamlakatlar 1884 y.gacha uzunliklarni oʻlchashda Parij, Berlin, Rim, Nankin kabi poytaxt yoki yirik shaharlar rasadxonalari, Rossiyada 19-asrgacha Sankt-Peterburg sh. yaqinidagi Pulkovo rasadxonasidan oʻtgan meridianlarni oʻzlari uchun boshlangʻich meridian qilib olganlar. Qadimda va oʻrta asrlarda harita tuzishda Sharqda Ujjayn sh. (Hindiston), Xoʻjand sh., Ferro o. (Kanar orollari)dan oʻtgan meridiandan boshlangʻich meridian sifatida foydalanganlar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil