Kontent qismiga oʻtish

Boʻzdungtov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo‘zdungtovdan yoʻnaltirildi)

Boʻzdungtov — Markaziy Qizilqumdagi qirlar Janubiygʻarbdan shim.sharqqa tomon choʻzilgan. Boʻzdungtov gʻarbda Tuhfabergan, janubiy sharqda Jamanqashqirtov togʻlari bilan, shimolda Boʻkantov yassitogʻligi bilan tutash. Eng baland joyi — 764 m (Irlitov). Boʻzdungtov yuqori paleozoyning ohaktosh, dolomit, kremniyli slanes, qumtosh jinslaridan tuzilgan, bu jinslar gersin orogenezida burmalangan. Alp burmalanishida yana koʻtarilgan. Boʻzdungtov asimmetrik boʻlib, janubiy yon bagʻirlari tikroq, quruq soylar oʻyib yuborgan. Boʻzdungtov etaklarida yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin (1–4 m), shu tufayli quduq koʻp. Quduqlar atrofida ovullar joylashgan[1].

  1. "Boʻzdungtov" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil