Kontent qismiga oʻtish

Boʻriyotoq koʻllari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo‘riyotoq ko‘llaridan yoʻnaltirildi)

Boʻriyotoq koʻllari (mahalliy xalq Boʻritogʻ deb ataydi) — Xorazm vohasi Xiva shahri yonidagi Boʻriyotoq, Pirnaxos, Baytaltoʻgʻon, Sayot va boshqa mayda koʻllar. Jan.da Qoraqum choʻliga tutashgan. Boʻriyotoq koʻllari Jirmiz, Mizonkoʻl kollektorlariga birlashib ketgan. Ekin maydonlaridan chikadigan tashlama suvlar va yer osti sizot suvlaridan toʻyinadi. Yezda suvi koʻpayib, umumiy maydoni 800 ga, uz. 4–5 km, eni 1—1,5 km, chuq. 1,5 m ga yetadi. Sohillari qiya, qumloq, qamish va boshqa suv oʻtlari oʻsadi. Qishda muzlaydi. Boʻriyotoq koʻllari da baliqchilik va ondatrachilikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.[1]

  1. "Boʻriyotoq koʻllari" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil