Boʻka
Qiyofa
(Bo‘kadan yoʻnaltirildi)
Boʻka (turkiycha — zoʻr, kuchli) — tarixda turli anʼanaviy bayram va tantanali marosimlar chogʻida oʻtkaziladigan pahlavonlar musobaqasida qatnashuvchi kurashchi, polvon. Boʻkalarning xalq orasidagi obroʻsi juda baland boʻlgan. Sugʻdda eng kuchli Boʻka sharafiga yiliga bir marta nishonlanadigan bayram kuni boʻlgan. Boʻka uchun nozneʼmatlar bilan bezatilgan maxsus dasturxon tayyorlangan. Yozilgan dasturxonga Boʻkadan boshqa kishi yaqinlashmagan. Boʻkalar musobaqasi tinchlik vaqtlarida, shuningdek harbiy safar va yurishlar paytida ham oʻtkazilib turilgan (yana qarang Polvon tovoq).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |