Birranga togʻlari
Qiyofa
(Birranga tog‘laridan yoʻnaltirildi)
Birranga togʻlari — Taymir yarim orolning shimoliy qismidagi togʻlar. Krasnoyarsk oʻlkasidagi Taymir (DolganNeneslar) muxtor okrugida. Uz. qariyb 1100 km. Eng baland joyi dengiz sathidan 1146 m. Birranga togʻlari chuqur vodiylar bilan kesilgan yassi choʻqqili tizmalar oʻlkasi. Birranga togʻlari da muzliklar (umumiy maydoni salkam 30 km²) bor. Asosan effuziv jinslardan tarkib topgan. Yon bagʻirlari toshloq arktika tundrasidan iborat.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |