Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi
Qisqartma | UNICEF |
---|---|
Turi | Jamgʻarma |
Shiori | Har bir bola uchun |
Ishga tushgan sanasi | 11-dekabr, 1946-yil | (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Bolalar Favqulodda Jamgʻarmasi sifatida)
Bosh direktor | Ketrin M. Rassell |
Bosh mahkamasi | Nyu-York, AQSh |
Vebsayti | www.unicef.org |
Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) (inglizcha: United Nations International Children's Emergency Fund) – BMTning asosiy jamgʻarmalaridan biri. Uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor boʻlgan Yevropa bolalariga gʻamxoʻrlik koʻrsatish maqsadida 1946-yilda tuzilgan. 1953-yildan BMTning doimiy tuzilmasiga aylangan. Yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi bolalarning soglom va barkamol voyaga yetishiga kumaklashish uning bosh tamoyilidir. Mazkur sohadagi faoliyati uchun 1965-yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, UNICEFga aʼzo boʻldi va u bilan yaqin hamkorlik oʻrnatdi. Jamgʻarma tomonidan bolalarni immunizatsiya qilish, boshlangʻich maktab oʻquvchilarini oziq-ovqat va ichimlik suv bilan taʼminlash vaksinalar yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli dasturlar, Orolboʻyi aholisiga yordam koʻrsatish yuzasidan maxsus dastur, „Orol dengizi: mintaqaviy va ekologik yordam loyihasi“ ishlab chiqilgan.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |