Kontent qismiga oʻtish

Kloakalilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bir teshiklilardan yoʻnaltirildi)

Kloakalilar, tuxum qoʻyuvchilar, bir teshiklilar, dastlabki darrandalar (Prototheria)— hozirgi sut emizuvchilarning eng tuban tuzilgan kenja sinfi. Qazilma qoldiklari Avstraliya va Janubiy Amerikada pleystotsen davri qatlamlaridan maʼlum. Sut emizuvchilarning sudralib yuruvchilarga oʻxshash umumiy ajdodidan kelib chiqqan, lekin keyinchalik mustaqil rivojlangan. Bosh qutisi togʻayining tuzilishi, bosh qutisi qopqogʻi suyaklarining oʻzaro nisbati, yelka kamarida qorakoid va prokorakoid suyaklari boʻlishi, yuragi va bosh miyasi tuzilishi sudralib yuruvchilarnikiga oʻxshaydi. Tanasining oʻz. 30—80 sm. Voyaga yetgan K.da tish boʻlmaydi. Oshqozonida xazm bezlari yoʻq. Jinsiy va ayirish sistemasi nayi, ichagi kloakaga ochiladi. Tana harorati nisbatan past, 25° dan 36° gacha, 1—2 ta, baʼzan 3 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini xaltasida olib yuradi (yexidna) yoki uyada bosib yotadi (oʻrdakburun). Bolasini sut bilan boqadi. Sut bezlari soʻrgʻichi boʻlmaydi. Suti terisi ustiga oqib chiqadi, bolasi uni yalaydi. Bitta turkum — bir teshiklilarni oʻz ichiga oladi. Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineyada tarqalgan. 2 oilasi (yexidnalar, oʻrdakburunlar) bor. Soni kamayib ketgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil