Kontent qismiga oʻtish

Durbin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Binokldan yoʻnaltirildi)
Klassik durbinlarning sxemasi
Dala durbin

Durbin (fors. — uzoqni koʻruvchi), binokl — uzoqdagi narsalarni koʻrish va kuzatish uchun xizmat qiladigan optik asbob. Har qanday D. bir-biriga yonma-yon oʻrnatilgan ikki trubaga maʼlum tartibda joylashgan obyektiv linza va okulyardan iborat. D.ning uzoqqa qaratiladigan katta "koʻzlari" obyektiv, kuzatuvchi qaraydigan kichik "koʻzlari" okulyar deyiladi. Amalda ikki xil D.dan foydalaniladi: 1) Galiley D.i 2,5—4 marta kattalashtirib koʻrsatadi. Bu D.dayorugʻlikni yoyuvchi linza okulyar vazifasini oʻtaydi. Galiley D.i oddiy, ixcham, yorugʻlikni yaxshi oʻtkazadigan, ammo koʻrish maydoni tor boʻlgani uchun koʻpincha teatr tomoshalarini koʻrishda ishlatiladi; 2) prizmali D. — foydalanish uchun qulay. Koʻrish maydonining burchagi katta, stereoskopga xos xususiyatlari yaxshilangan D. yordamida masofalarni oʻlchash ham mumkin. Amalda qoʻllanilayotgan D. narsalarni 2—22 marta kattalashtirib koʻrsatadi.

Ommabop ishlab chiqaruvchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydalanuvchilar orasida mahsulotlarining sifati, imkoniyatlari va narxi bo'yicha eng ommabop durbin ishlab chiqaruvchilar qatoriga quyidagi kompaniyalar kiradi[1]:

  • Veber
  • Nikon
  • Levenhuk
  • КОМЗ
  • Bresser
  • Yukon
  • ATN
  • Bushnell
  • Pentax
  • Carl Zeiss.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil