Kontent qismiga oʻtish

Beysbol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Beysbolldan yoʻnaltirildi)
Wrigley Field stadioni, Chicago, 2004.

Beysbol (inglizcha: baseball, base - "baza", ball - "toʻp") bita va beysbol toʻpi bilan jamoa boʻlib oʻynaladigan sport turidir. Oʻyindan maqsad raqib jamoa oʻyinchisi (pitcher) uloqtirgan koptokni bita bilan urib qaytarish va koptok raqib jamoa qoʻliga tushguncha 4 ta bazaga tegib, 90 fut (27,4 metr) masofani aylanib chiqishdir.

Beysbol (inglizcha baseball) — koptok va tayoqcha bilan oʻynaladigan sport oʻyini, chillak oʻyinini eslatadi. Har biri 9 (Shimoliy Amerika beysbolida) yoki I (Uels beysbolida) kishidan iborat 2 jamoa 175 x 125 m kattaliqdagi maydonda koptokni chillak bilan oʻynab, ustunlikka eri-shishga harakat etadi. Beysbol vatani — Angliya boʻlib, hozirgi oʻyin qoidalari 1845-yildan beri amal qiladi. Xalqaro Beysbol Federatsiyasi 1921-yilda tashkil etilgan, unga 71 mamlakat aʼzo (1991). Beysbol boʻyicha jahon chempionligi musobaqalari 1938-yildan buyon oʻtkaziladi, 1992-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kirdi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil