Beshurugʻ
Qiyofa
(Beshurug‘dan yoʻnaltirildi)
Beshurugʻ — oʻrtapishar jaydari qovun navi. Palagi ingichka, shakli kalta, tuxumsimon (boʻyi 16—23 sm), ogʻirligi 1,5—2,5 kg, sirti och yashil, sertoʻr, sal tilim-tilim. Poʻsti qattiq, kam et (3,5—4 sm), shirin. Urugʻxonasi katta, urugʻi oʻrtacha, sargʻish. Beshurugʻ tarkibida 12—12,5% qand bor. Hosildorligi 180—220 s/ga. Hosili urugʻi unib chiqqandan soʻng 88—95 kunda pishib yetiladi. Beshurugʻ Fargʻona vodiysida koʻproqekiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |