Bekoʻgʻlisoy
Qiyofa
(Beko‘g‘lisoydan yoʻnaltirildi)
Bekoʻgʻlisoy — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi soy. Qurama tizmasining gʻarbiy etagidan, 1000 m balandlikdan boshlanib, janubi-gʻarbga — Sirdaryo tomonga oqadi. Bekoʻgʻlisoy 4 ta irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi, uz. 13 km. Bekoʻgʻlisoy juda kamsuv, yogʻingarchilik paytidagina toʻlib oqadi. Bekoʻgʻlisoy Bekoʻgʻli qishlogʻidan oʻtib qurib qoladi. Bekoʻgʻlisoy suvidan qisman sugʻorishda foydalaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |