Jinoiy uyushma
Jinoiy uyushma - 2 yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun oldindan birlashishi. J. u. guruh aʼzolarining miqdori, uyushmaning tuzilishi va boshqa belgilariga koʻra bir-biridan farq qiladi. J. u. tuzish yoki unga rahbarlik qilish jinoiy tuzilmani shakllantirish uchun nomzodlarni tanlash, ularni jalb qilish, J. u., guruh yoki uning boʻlinmalari ishtirokchilari oʻrtasida vazifalarni boʻlish, jinoiy faoliyatning umumiy rejasi yoki alohida tajovuzlar rejasini tuzish kabi xatti-harakatlarda koʻrinadi. J. u.ning yashashi va amal qilishiga qaratilgan faoliyatni olib borish J. u. uchun pul mablagʻlari, transport vositalari, xonalar ajratish, J. u. yoki boʻlinmalarining ishlashi uchun shartsharoitlarni yaratish kabilarda namoyon boʻladi. Har qanday turdagi jinoiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun J. u.ga birlashishning oʻzi tugal jinoyat hisoblanadi. J. u. yoxud uning boʻlinmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud boʻlishi va ishlab turishini taʼminlashga qaratilgan faoliyat uchun Oʻzbekiston Respublikasining JK tegishli moddasiga koʻra jinoiy jazo belgilangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |