Bagʻdodi
Bagʻdodi – 1) yaxlit taxtalardan yasaladigan eng qadimgi eshik turi. Bu eshik qoʻsh tabaqali boʻlib, tabaqalarining har birida uchtadan dila boʻladi, shundan dilali eshik deb ham ataladi. Dilalar handasiy oʻyma naqshlar bilan bezatiladi. Oʻzbekiston va Tojikistonda mayda taxtachalardan yigʻib tayerlanadigan juftlama eshikdan farqlash uchun Bagʻdodi atamasi qabul qilingan; 2) zaminsiz, uch qirrali handasiy oʻyma shakllar hosil qilish usuli dilali eshik, sandiq, javon va boshqalarni bezashda qoʻllanadi; 3) kulollikda handasiy (doira, uchburchak, yulduzsimon qirrali) shakllarni yasashda qoʻllanadigan uslublardan biri. Bu uslubda ishlangan naqshlar sariq, qizil, yashil boʻyoqlar bilan bezatilgan lagan, kosa, shokosa va toʻy laganlarida uchraydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |