Shokir Axmedov
Shokir Axmedov | |
---|---|
Tavalludi |
25-fevral 1943-yil |
Taʼlimi | Toshkent davlat xoreografiya bilim yurti |
Kasbi | Baletmeyster |
Mukofotlari | Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi |
Shokir Axmedov (25-fevral 1943-yil, Toshkent) – baletmeyster. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000). Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtini (1962), Moskva davlat teatr sanʼati institutining baletmeysterlik fakultetini (1972) tugatgan. 1962—1965-yillar Oʻzbek davlat Katta ashula va raqs ansamblida, 1972—1974-yillar „Shodlik“ ansamblida, 1974-yildan Muqimiy teatrida bosh baletmeyster. Axmedov sahnalashtirgan eng yaxshi raqslar: „Erkaklar katta raksi“, „Uchrashuv“; spektakllarda – „Jonim fido“, „Nurxon“, „Arshin mol olon“, „Super qaynona“, „Dilafroʻzga toʻrt oshiq“, „Taqdir“, „Ur, toʻqmoq!“, „Paranji sirlari“ va boshqa Axmedov Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan tantanali bayramlarda bosh baletmeyster sifatida ishtirok etgan. Raqslarida zamonaviy-ijtimoiy ruh asosiy oʻrin tutadi. Mumtoz raqslarga ham yangicha sayqal berish, doimo originallikka, oʻziga xos raqslar yaratishga intilish Axmedov ijodiga xosdir.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |