Kontent qismiga oʻtish

Shimoliy Atlantika oqimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Atlantika oqimidan yoʻnaltirildi)

Shimoliy Atlantika oqimi — Atlantika okeani shim. qismidagi iliq yuza oqim, Galfstrimning davomi. Suvining temperaturasi 7° dan 15° gacha. Tezligi janubida 0,9—1,8 km/soat, shimoli-sharqida 0,4—0,7 km/soatgacha kamayadi. Katta Nyufaundlend sayozligidan boshlanib Norvegiya dengizi tomon shimoli-sharqqa harakatlanadi. 60° shahrik.da gʻarbga oquvchi Irminger oqimiga ajraladi. Suv sarfi (20—40 mln. m³/sek.) oʻzgaruvchan. Sh.Shimoliy atlantika oqimi suvining sarfi va issiqlik holati Gʻarbiy va Shimoliy Yevropa obhavosi va iqlimiga taʼsir koʻrsatadi.