Kontent qismiga oʻtish

Astronomik birlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Astronomical unitdan yoʻnaltirildi)

Astronomik birlikastronomiyada masofa birligi; Yerdan Quyoshgacha boʻlgan o'rtacha masofaga teng. Astronomik birlikni aniqlash uchun Quyoshning gorizontal parallaksi aniqlanishi lozim. Astronomik birlikning aniq qiymati Yerga juda yaqin keladigan sayyoralarni kuzatish usuli (yoki boshqa usullar) bilan topiladi. Deyarli barcha asronomik hisoblashlarda 1 a.b.=149.6 mln. km deb olinadi. Aniq qiymati:

Astronomik birlik – astrono-miyada masofa birligi; Yerdan Quyoshgacha boʻlgan oʻrtacha masofaga teng. A.6.ni aniqlash uchun Quyoshning gorizontal parallaksi aniqlanishi lozim. Astronomik birlikning aniq qiymati Yerga juda yaqin keladigan sayyoralarni kuzatish usuli (yoki boshqa usul) bilan topiladi. 20-asr gacha bu maqsadda Marsning buyuk roʻpara turish vaqtlarida kuzatilgan natijalardan foydalanilar edi. Quyosh parallaksini Yerga juda yaqin oʻtadigan ayrim kichik sayyoralarni kuzatish yoʻli bilan aniqlashga urinish Eros kashf qilinganidan keyin boshlandi. 1930– 31 yillarda Eros Yerdan 22 mln. km uzoqliqdan oʻtdi. Oddindan tuzilgan dasturga koʻra jahonning 24 rasadxonasida, shu jumladan, Toshkent rasadxonasida ham kuzatuvlar olib bori-lib, R"e=8.790"ga tengligi aniqlandi.1961–63 yillarda sobiq Ittifoq va AQShda Merkuriy, Venera va Mars ra-diolokatsiya qilinishi natijasida Astronomik birlik hisoblandi. Astronomik birlik ni butun olam tortishish qonunita asoslangan dinamik va yorugʻlik tezligiga asoslangan fizik usullar bilan ham topish mumkin. Astronomik birlikning eng aniq qiymati (1 a.b.=149597870±2 km) avtomatik kosmik kemalar harakatini kuza-tib topildi. Deyarli barcha astronomik hisoblashlarda 1 a.b.=149,6 mln. km deb olinadi.[1]

1 a.b. = 149 597 870 691 ± 30 m.

XX asrgacha bu maqsadda Misrning buyuk ro'para turish vaqtlarida kuzatilgan natijalardan foydalanilar edi. Quyosh parallaksini Yerga juda yaqin o'tadigan ayrim kichik sayyoralarni kuzatish yo'li bilan aniqlashga urinish Eros kashf qilinganidan keyin boshlandi. 1930-1931 yillarda Eros Yerdan 22 mln. km uzoqlikdan o'tdi. Oldindan tuzilgan dasturga ko'ra jahonning 24 rasadxonasida, shu jumladan, Toshkent rasadxonasida ham kuzatuvlar olib borilib, Р"е=8.790" ga tengligi aniqlandi. 1961-1963 yillarga sobiq Ittifoq va AQSHda Merkuriy, Venera va Mars radiolokatsiya qilinishi natijasida "Astronomik birlik" hisoblandi. Astronomik birlikni butun olam tortishish qonuniga asoslangan dinamik va yorug'lik tezligiga asoslangan fizik usullar bilan ham topish mumkin.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil