Aqoqiyo
Qiyofa
(Arab yelimidan yoʻnaltirildi)
Aqoqiyo, arab yelimi, gummiarabik – asosan Afrika va Arabistonda oʻsadigan akatsiyadan olinadigan yelim. Ochiq havoda shaffof, moʻrt modda boʻlib qotadi, suvda erib, yopishqoq quyqa hosil qiladi. Aqoqiyo, asosan, arabinat kislotaning kaliy, kalsiy va boshqa tuzlari qotishmasidir. Sharq tabobatida, jumladan Oʻrta Osiyo tabobatida juda qadimdan dori sifatida ishlatilgan. Tibbiyotda emulsiya, tabletka, habdori tayyorlashda, sanoatda gaz-mollarni ohorlash, turli boʻyoqlar tayyorlashda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |