GRE: Answers to the Real Essay Questions
Muallif(lar) | Mark Alan Stewart |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | qoʻllanma |
Nashr etilgan sanasi | 2000 |
Nashriyot | „Arco“ |
ISBN | ISBN 978-0028635453 |
„GRE: Answers to the Real Essay Questions“ (tarjimasi „GRE: Haqiqiy insho savollariga javoblar“) — GRE testiga tayyorlanish boʻyicha Mark Alan Stewart yozgan qoʻllanma. Ilk marotaba 2000-yil chop etilgan. 2003-yil ikkinchi nashr eʼlon qilingan. 2009-yil kitobning uchinchi nashri bosilib chiqqan. Birinchi va ikkinchi nashr „Arco“ nashriyotida, unchinchi nashr esa „Peterson's“ nashriyotida chop etilgan.
Asar ikki boʻlimga boʻlingan boʻlib, ularning birida masala vazifalari (inglizcha: issue tasks), ikkinchisida argument vazifalari (inglizcha: argument tasks) berilgan. Ilk nashrga umumiy hisobda 250 savolga javoban yozilgan insho kiritilgan[1]. Stewart „GRE: Answers to the Real Essay Questions“ bilan bir qatorda GMAT testiga hozirlanish boʻyicha „GMAT: Answers to the Real Essay Questions“ qoʻllanmasini ham yozgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Stewart, Mark Alan. Writing Skills for the GRE and GMAT Tests (inglizcha). Princeton, N.J: Thomson/Peterson's, 2002 — 8-bet. ISBN 0768910943.
- ↑ Stewart, Mark Alan. How to Write the Perfect Personal Statement: Write Powerful Essays for Law, Business, Medical, or Graduate School Application, 4-nashr (inglizcha), Lawrenceville, NJ: Peterson's, 2009. ISBN 978-0768928167.