Kontent qismiga oʻtish

Oʻtkir tonzillit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Anginadan yoʻnaltirildi)
Oʻtkir tonzillit

Bodomsimon bezlarning oʻtkir tonzillitda zararlanishi
KXK-10 J03.0
KXK-9 034.0
MedlinePlus 000639
eMedicine med/1811
Ikki tomonli lakunar oʻtkir tonzillit

Oʻtkir tonzillit (koʻproq soʻzlashuvda „Angina“ (lotincha angina — boʻgʻilish)) — tanglay murtak bezlarining yalliglanishi bilan kechadigan oʻtkir infeksion kasallik; koʻproq streptokokk, stafilokokk va boshqa mikroblar qoʻzgʻatadi. Ular halqumga aksari oʻtkir tonzillit boʻlgan bemor foydalangan uy-roʻzgʻor buyumlari (masalan, yuvilmagan idish-tovoq va boshqalar)dan tushadi. Koʻpincha halqumda boʻladigan va odatda kasallik qoʻzgʻatmaydigan mikroblar ayrim noxush omillar taʼsirida, masalan, kishi sovuq qotganda yoki harorat oʻzgarganda kasallik qoʻzgʻatishi mumkin. Baʼzan oyoqdan sovuq oʻtishi, muzqaymoq yeyish, sovuq suv ichish, muzdek suvda choʻmilish va boshqa hollarda oʻtkir tonzillit bilan ogʻrish kuzatiladi. Halqumga muntazam tushib turadigan tutun, chang, spirtli ichimliklar, shuningdek burun orqali nafas olishni qiyinlashtiradigan adenoidlar va burun-halqumning boshqa kasalliklari oʻtkir tonzillitga sabab boʻlishi mumkin. Burun va yondosh boʻshliqlarining yalligʻlanishi (masalan, gaymorit), shuningdek ogʻiz boʻshligʻidagi yiringli yalligʻlanishlar (chirigan tishlar) ham oʻtkir tonzillitga sabab boʻladi. Kasallik toʻsatdan boshlanadi. Bemorda madorsizlik, bosh ogʻrigʻi, tomoq qaqrab ogʻrishi, achishishi, yutinganda ogʻriq kuzatiladi. Harorat koʻtariladi (38—41°); murtak bezlari qizarib, ular yuzasida yiringli karash paydo boʻladi. Oʻtkir tonzillit bilan tez-tez ogʻrish natijasida murtak bezlari surunkali yalligʻlanadigan boʻlib qoladi. Oʻtkir tonzillitning kataral, follikulyar, yiringli va boshqa xillari farq qilinadi. Mahalliy (peritonzillyar abssess, oʻrta quloqning oʻtkir yalligʻlanishi) va umumiy (boʻgʻimlar, yurak, buyrakning zararlanishi) asoratlar qoldirishi mumkin. Shifokor koʻrsatmalarini bekamu-koʻst bajarish tez sogʻayib ketishga imkon beradi va asoratlar avj olishiga yoʻl qoʻymaydi. Tonzillit tez-tez takrorlanganda, koʻpincha yiliga kamida besh marta tonzillit hodisalari yoki tanglay bodomsimon bezlari shishib ketganda, yutish qiyin va ogʻriqli boʻlsa, bodomsimon bezlarni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash uchun tonzillektomiya qilish mumkin[1]. Tez-tez tonzillit bilan ogʻrigan kattalarda tonzillektomiya va tibbiy davolanish (antibiotiklar va ogʻriq qoldiruvchi vositalar) boʻyicha randomize nazorat ostida oʻtkazilgan tadqiqot tonzillektomiya yanada samarali va iqtisodiy jihatdan ham qulay ekanligi aniqladi. Kasalikda suvsizlanish va yutish qiyinligi tufayli buyrak yetishmovchiligi, yalligʻlanish tufayli havo yoʻllariga infeksiyaning tiqilib qolishi va infeksiyaning tarqalishi tufayli faringitni ham keltirib chiqarishi ham mumkin[2][3][4][5]. Kamdan kam hollarda infeksiya bodomsimon bezdan tashqariga tarqalishi mumkin, natijada ichki boʻyin venaning yalligʻlanishi va infektsiyasi keng tarqalgan yuqumli kasalikklarga olib keladi. Tonzillit butun dunyoda irqiy yoki etnik farqlarsiz uchraydi[6]. Koʻpgina bolalar bolaligida kamida bir marta tonzillitga duchor boʻladilar[7], bu kamdan-kam hollarda ikki yoshga toʻlmasdan sodir boʻladi[6]. Tez-tez takrorlanadigan tonzillit ovoz funksiyasiga taʼsir qilib ovozlarini professional ravishda ishlatadigan odamlar orasida ishlash qobiliyatiga xalaqit berishi mumkin[8][9].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.





  1. "Tonsillitis". BMJ Clin Evid 2014. July 2014. PMID 25051184. PMC 4106232. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4106232. 
  2. Wetmore 2007, pp. 756-57.
  3. Thuma 2001, p. ???
  4. Simon 2005, p. ????
  5. Andoza:MedlinePlusEncyclopedia
  6. 6,0 6,1 Sommers 2015, p. 1078.
  7. Sommers 2015, p. 1077.
  8. Sataloff & Hawkshaw 2019.
  9. Stadelman-Cohen 2019, pp. 30-52.

[MED24 Angina - kasallik belgilari, diagnostika va davolash.]