Kontent qismiga oʻtish

ALDI

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aldidan yoʻnaltirildi)
2015

ALDI (ALbrecht DIscount) Germaniyaning oziq-ovqat va kundalik mollari sotish bilan shugʻullanuvchi biznes tizimidir.

ALDI ikki aka-uka miliarderlar ism-familiyasi hamda inglizcha discount sozlaridan qisqartma hisoblanadi, Albrecht-Discount. Bu firma aslida ikki alohida firma hisoblanadi. Aldi Sued va Aldi Nord markalari bilan farq qilib, Aldi Sued Germaniyaning janubida, Aldi Nord esa, Germaniyaning Shimoliy qismida faoliyat olib boradi. Ular Germaniyada oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollarini sotuvchi yirik supermarket tizimiga egalik qilishadi. Biroq, Aldi supermarketlar tizimi bugungi kunda nafaqat Germaniya balki butun Yevropa boʻylab hamda boshqa qitalarda koplab shubalariga ega. Masalan, Avstriya va Sloveniyada Aldi dukonlari Hofer nomi bilan mashxur. Aldi tizimining yillik daromadi 37 milliard dollar deb baholanadi.

Kompaniya aka-uka Teo va Karl Albrextlar tomonidan 1948-yilda, Germaniyaning Essen shahrida asos solingan. 1961-yilda Aka-ukalar sigaret sotish masalasida kelisha olmay, ikki alohida firmaga ayrilishgan. Biroq, bugunga kelib, sigaretlar sotilishiga ilgari qarshi bolgan Aldi Sued egasi Karl, 2003-yildan boshlab sigaret sotilishiga oʻz ruxsatini bergan.

Aldi Nord doʻkonlari Shimoliy Germaniyadan tashqari, Belgiya,Daniya, Fransiya, Lyuksemburg, Gollandiya, Ispaniya va 2006 yildan Portugaliyada faoliyat olib boradi. Polshada ham shubalari ochilishi kutilmoqda.

Aldi Sued esa, Janubiy Germaniya, Avstriya, Sloveniya, Irlandiya, Birlashgan Qirollik, Shvetsariya, Avstraliya va AQShda shubalarini ochgan.

Tijorat siyosati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu supermarketlarni barcha davlatlarda xaridorlarni oʻziga jalb qiluvchi asosiy jihati ularda sotiladigan mollarning arzonligidir. Aldi Yevropadagi diskaunter doʻkonlardan hisoblanadi. Oʻziga xos jihatlarda yana biri, bu doʻkonda ishlaydiganlar barcha vazifalarni bajarishlari shart, yani kassada ishlashdan tortib, mahsulotlarlarni joylashtirish va dokonda tozalashgacha. Shu yosinda supermarket ishchi kuchiga sarflanadigan xarajatlarini qisqartirish imkoniga ega boladi. Bunga qoshimcha ravishda dokonlarda mahsulotlar ustma-ust katta miqdorda joylashtirilib, rastalarni tez-tez toldirib turish uchun ortiqcha ishchilarni olishga hojat qolmaydi. Aldi dokonlarida, Ovruponing kopchilik dokonlarida bolgani kabi, mijozlar selofan paketni sotib olishlari shart (hatto, Avstraliya va Birlashgan Qirollikda ham), chunki bu umumiy atrof muhitni asrash siyosatiga muvofiqdir. Biroq, misol uchun AQShdagi ALDI dokonlarida bu tajriba yolga qoyilmagan.

Aldiga munosabat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniyada 1990-yillargacha Aldi, kambagʻal va quyi tabaqa insonlar xarid qiladigan doʻkon hisoblanardi. Biroq GFR va GDR birlashgach, koʻplab nemislar xaridlarida iqtisod qilishga majbur bolishdi. Shuningdek, 1999-yilda yevro pul birligi kiritilganda, omma fikrida pul almashinuvi davrida dokonlar mahsulot narxlarini oshirgan deb hisoblagan bir paytda, Aldi "bugun va avval" degan yozuv bilan yevro hamda nemis markasi qiymatida narxlarni korsatgan. Bu albatta, Aldi obrusining kotarilishiga olib kelgan. Biroq, Birlashgan Qirollik, Avstraliya va hatto Germaniyaning ozida Aldi dokonlari jamiyatning kam taminlangan tabaqalari xarid qiladigan joy degan umumiy fikr saqlanib qolgan.

http://www.aldi.de