Kontent qismiga oʻtish

Alan Turing

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Alan Tyuringdan yoʻnaltirildi)
Alan Mathison Turing
Tavalludi 1912 yil, 23-iyun
Maida Vale, London, Angliya
Vafoti 1954 yil, 6-iyul
Wilmslow, Cheshire, Angliya
Istiqomat joylari Wilmslow, Cheshire, Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Sohasi Matematika
Tezis sarlavhasi Systems of Logic based on Ordinals
Akademik rahbarlari Alonzo Church
Mashhur shogirdlari Robin Gandy
Mashhur ishlari Cryptanalysis of the Enigma, Turing machine, Turing test
Mukofotlari

Alan Turing (talaffuzi: Alan Tyuring) (inglizcha: Alan Mathison Turing; |23|06|1912 — |7|06|1954) — ingliz matematigi, logiki, kriptografi. U informatikani rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. 1950-yilda kompyuterni ongliligini tekshiruvchi Turing testini taklif etgan.

Turing Ikkinchi jahon urushida nemislarning „Enigma“ nomli maxfiy shifrlovchi mashinasini buzishni uddalagan. 1950-yil oktyabr oyida „Mind“ jurnalida chop etilgan „Hisoblash mashinasi va intellekt“ nomli ilmiy maqolasida bir tajriba qoʻllashni taklif qilgan. Unga koʻra, kompyuter insonlar bilan muloqot qilganda odamlardek „fikrlay oladi“ va „muloqot qila oladi“, yaʼni kompyuterni oʻrgatish mumkin. Mazkur tajriba keyinchalik „Turing testi“ deb nomlanib, kompyuterlarning onglilik darajasini tekshirgan. „Tuuring testi“ni aksi bajarilishi natijasida CAPTCHA (hozirgi kunda internetda mashhur, odamlarning haqiqatdan odamligini tekshiruvchi test) oʻylab topilgan.

Turing birinchilardan boʻlib xotirasida dasturlarni saqlaydigan kompyuter yaratish mumkinligini isbotlovchi ilmiy ishini taqdim etgan. Oʻzi hozirgi imkoniyatdagi kompyuterlarning ilk ajdodlarini yaratilishida qatnasholmagan boʻlsa-da, nazariyasini yaratib bergan. Turing hatto shaxmatning kompyuter versiyasini ham ishlab chiqqan. Shuningdek, u matematik biologiya va kimyoga ham qiziqib, bu sohalarda ham izlanishlar olib borgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turing Angliyada gomoseksuallarga qarshi qonun qurboniga aylandi. Qamoqda oʻtirish oʻrniga kimyoviy kastratsiya jazosiga rozi boʻlgan. Sianid moddasi bilan zaharlanib, halok boʻlgan. Olim oʻz joniga qasd qilgan deb ishoniladi. Ammo ayrimlar bunga shubha bildirib, Turing atayin zaharlanmaganiga ishonadi.

Oʻlimidan soʻng

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turing oʻlimidan 50 yil oʻtib, olimning 100 yoshi munosabati bilan u oqlana boshlandi. 2009-yilda Buyuk Britaniya bosh vaziri Gordon Brown Turing uchun oʻz xalqidan uzr soʻradi. 2013-yilda Angliya qirolichasi Elizabeth II tomonidan oqlandi.

2002-yilda Turing — „tarixdagi eng mashhur 100 ta britaniyaliklardan biri“ deb, 2009-yilda „Buyuk Britaniyadagi eng mashhur gomofobiya qurbonlaridan biri“ sifatida tan olingan.

Hisoblash mashinalari Uyushmasi (Association for Computing Machinery)ning yillik mukofotlaridan biri Turing sovrini deb nomlanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi eng obroʻli mukofot ushbu mukofot informatika boʻyicha Nobel mukofotiga tenglashtiriladi.