Kontent qismiga oʻtish

Musanno muhofazasi

Koordinatalari: 30°12′0″N 45°21′0″E / 30.20000°N 45.35000°E / 30.20000; 45.35000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Al-Musanna muhofazotidan yoʻnaltirildi)
Musanno muhofazasi

محافظة المثنى
muhofaza
Skyline of Musanno muhofazasi
30°12′0″N 45°21′0″E / 30.20000°N 45.35000°E / 30.20000; 45.35000
Mamlakat Iroq
Maʼmuriy markaz Samova
Hukumat
 • Gubernator Ahmed Manfiy Jude
Maydon 51,740 km2 (19,980 kv mi)
Aholisi
 (2024)
835 797[1]
ITI (2017) 0.628[2]
medium
Musanno muhofazasi xaritada
Musanno muhofazasi
Musanno muhofazasi

Musanno muhofazasi (arabcha: المثنى Al Mutannā) yoki Musanno viloyati Iroqdagi muhofaza. 7-asrda yashagan arab generali al-Musanno ibn Horisa nomi bilan atalgan. muhofaza mamlakat janubida, Saudiya Arabistoni va Quvayt bilan chegarada joylashgan. Maʼmuriy markazi Samova shahri boʻlib, shahar Iroqdagi eng yuqori qashshoqlik darajasi – 52%ga ega[3].

Muhofaza 1976-yilgacha hozirgi Najaf va Qodisiya muhofazalarini oʻz ichiga olgan Divaniya muhofazasi tarkibiga kirgan.

Samova, ehtimol, Iroq nomining ham manbasi boʻlgan qadimgi ShumerBobil shahri Uruk (oromiycha: Erech)ga juda yaqin joylashgan. Salavka Salavkiylar davlatiga asos solganidan keyin Bobil tanazzulga uchrab, Uruk Bobil janubidagi eng yirik shaharga aylandi. Uruk nomi Bobiliyga (Bobiliya) oʻzgardi. Shahar sobiq poytaxtdan koʻra uzoq vaqt, milodiy 7-asrgacha, saqlanib qolgan.

1991-yil fevral oyida bu yerda Fors koʻrfazi urushi davomida tarixdagi eng yirik tanklar janglaridan biri boʻlmish Norfolk jangi boʻlib oʻtgan[4].

Aholining oʻsishi
YilAholi±% y.oʻ.s.
1977 215,6—    
1987 315,815+3.89%
1997 436,825+3.30%
2009 683,126+3.80%
2018 814,371+1.97%
Manba: Shahar aholisi[5]

muhofaza hukumati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gubernator: Ahmad Manfiy Jude Gubernator oʻrinbosari: Sami al-Hassaniy Al-Mutanna muhofaza kengashi raisi: Abdulatif al-Hassaniy

  1. Citypopulation.de
  2. „Sub-national HDI - Area Database - Global Data Lab“ (en). hdi.globaldatalab.org. Qaraldi: 2018-yil 13-sentyabr.
  3. „Poverty rate in Nineveh province nearly doubled“ (en). Kirkuknow. Qaraldi: 2024-yil 22-yanvar.
  4. „These were the 6 most massive tank battles in US history“ (2021-yil 16-aprel).
  5. „Population of Governorates“ (en). www.citypopulation.de.