Kontent qismiga oʻtish

Mosul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Al-Mavsildan yoʻnaltirildi)

Mosul, al-Mavsil — Iroqning shimoliy qismidagi shahar. Dajla daryosi boʻyida. Naynova muhofazasining maʼ-muriy markazi. Aholisi 670 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Gʻalla, meva, chorva mollari bilan savdo qilinadigan muhim markaz. Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (muslin gazlamasi ishlab chiqarish), oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, metallsozlik, sement sanoati korxonalari mavjud. Universitet, tarix va boshqa muzeylar bor. Mosul yaqinidan oltin-gugurt va neft qazib olinadi.

Mosul 6-asr da vujudga kelgan. 641 yil uni arablar egallagan. Umaviylar va Abbosiylar davrida Sharqning savdo hamda hunarmandchilik markazi boʻlgan. 10—12-asrlarda turli davlatlar poytaxti. 1095—96 yillar Mosulni Saljuqiylar egallagan. 1261-yilda moʻgʻullar hujumiga uchragan. 14-asrning 2-yarmidan Temuriylar, 1514—1918-yillar Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1920-yildan Iroq tarkibida.

Mosulda al-Jomiʼ alkabir madrasasi (minorasi bilan) (1170—72), al-Izziya madrasasi (12-asr), Qorasaroy qalʼasi harobalari (13-asr) va boshqa, shahar yaqinida Nabi Yunus maqbaramasjidi (10-asr) bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil