Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr Siddiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abu Bakrdan yoʻnaltirildi)
Abu Bakr Siddiq
Tavalludi 27-oktyabr 573
Vafoti 23-avgust 634
Fuqaroligi Rashidun xalifaligi
Otasi Abu Quhofa
Onasi Salma Umm-ul-Khair
Abu Bakr Siddiq

Abu Bakr Siddiq (toʻliq nomi: Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir; tax. 573-yil — 634-yil 23-avgust) — Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar daʼvati bilan islomni birinchilardan boʻlib qabul qilganlar, dastlabki toʻrt xalifadan birinchisi (632—634). Tirikligida jannat bashorati berilgan sahobalarning birinchisi sanaladilar. Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambarning eng yaqin safdoshi, qaynotasi (mo'minlarning onasi Oysha (r.a) ning otasi). Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan. Islomga kirishdan oldin ismi Abdulkaʼba edi. Abdullo ismini Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar qoʻyganlar. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va meʼroj hodisasini eng birinchi boʻlib tasdiqlaganlar. Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar unga Siddiq, yaʼni iymoni kuchli deb laqab berdilar. Makkadan Madinaga hijrat qilishda Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambarga hamroh, gʻorda birga boʻldilar. Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va boshqa joylardagi janglarda ishtirok etdilar. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu obroʻli va badavlat kishi boʻlgani uchun koʻp odamlarga yordam qildilar, chunonchi, Bilol Habashiyni qullikdan sotib olib, ozod etdilar. Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar vafotidan keyin birinchi xalifa boʻlib saylandilar (632). Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi koʻtargan qoʻzgolonlarini bostirdilar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xalifaligi davrida arablar Iroq va Suriyani fath qildilar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Madinada vafot etdilar va Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar yoniga dafn qilindilar[1].

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Ey Abu Bakr, ummatim ichidan jannatga birinchi kiruvchi albatta, sen bo'lasan", dedilar". Abu Dovud rivoyat qilgan.[2]

U kishining to'liq ismlari quyidagicha:

Abu Bakr Abdulloh ibn Abu Quhofa Usmon ibn Omir ibn Amir ibn Ka'b ibn Ma'd ibn Tayim ibn Murra ibn Ka'b ibn Lu'ay ibn G'olib al-Qurashiy ad - Taymiy. U kishining nasablari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Murrada birlashadi.

Ismlari va laqablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu kunyasi ismidan mashhur bo'lib ketgan shaxslaridan biridirlar. "Abu Bakr" u kishining kunyalaridir. Ismlari esa Abdullohdir. Ba'zi rivoyatlarda aytilishicha, u kishining avvalgi ismlari Abdulka'ba bo'lib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ismni Abdullohga almashtirgan ekanlar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ning otalari ham kunyalari, ya'ni Abu Quhofa nomi bilan mashhur boʻlganlar. Asl ismlari esa Usmon boʻlgan. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ning eng mashhur laqablari Siddiqdir. Bu laqabni olishlariga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning har biri amallarini tasdiqlashga har doim shoshilib turganliklari sabab boʻlgan. Shu bilan birga, Abu Bakr Siddiq (r.a) doimo o'zlariga sodiqlikni lozim tutganlar. Islom - iymon masalasida u kishiga biror marta ham, salgina bo'lsa ham ikkilanish yoki sustlik sezilmagan. Ushbu va shunga o'xshash ko'pgina holatlar u kishining Siddiq laqabini olishlariga sabab boʻlgan. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ning ikkinchi laqablari "Atiyq" boʻlgan. U kishining bunday laqabni olishlari Payg'ambar ( sollallohu alayhi vasallam )ning hadisi shariflari orqali boʻlgan.

Imom Termiziy Oysha onamizdan rivoyat qiladi:

"Abu Bakr Rasululloh ( sollallohu alayhi vasallam )ning huzurlariga kirdi. Bas, u zot unga:"Sen Allohning do'zax atiyqisan (ozod qilinganisan)", dedilar. O'sha kundan u "Atiyq" deb nomlana boshladi".

Tugʻilishi va ulgʻayishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Payg'ambar ( sollallohu alayhi vasallam ) tavalludlaridan 2 yil-u bir necha oy keyin dunyoga keldilar. U kishining otalari Abu Quhofa Usmon ibn Omir edi. Onalari esa Ummu Xoyr Salmo binti Soxr ibn Amr bo'lib, Abu Quhofa roziyallohu anhuning amakilarining qizi edilar. U kishi makkai mukkarrammada o'sib, ulg'aydilar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu faqat tijorat uchungina bu muqaddas shahardan tashqariga chiqar edilar. U kishi o'z tijoratlari orqasidan katta mol-mulk topgan edilar. Shu bilan birga, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu hayr-u ehson va muruvvatlari bilan ham johiliyat ahli orasida nom chiqargan edilar. U kishi Qurayshning rahbarlaridan bo'lib, maslahat - mashvarat ishlarida doimo ishtirok etib, kishilarning muhabbatini qozongan edilar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ga Qurayshning hun va qarz to'lash ishlari topshirilgan edi. Johiliyat davrida arablarning markazlashgan davlatlari bo'lmaganligi uchun Makka ahli turli vazifalarni turli qabilalarga bo'lib qo'ygan edi. Bir qabila kishilarni mehmon qilishga mas'ul bo'lsa, boshqasi ka'baga qarashga, uchunchisi majlis o'tkazishga mas'ul edi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ning qabilasiga ana shunday vazifalardan biri - diya va qarzlar ishi topshirilgan edi. Abu Bakr Siddiq rodiyallohu anhu ham johiliyat davrida, ham islom davirda sharafli boʻlgan o'n kishing biridirlar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu johiliyat davrining odamlari ichidagi eng iffatli kishilardan biri edilar. U kishi o'z ixtiyorlari bilan, o'zlaricha xamr ichishni tark qilgan edilar. Shuningdek, she'r aytish bilan ham mashg'ul bo'lmaganlar.

Ibn Sa'd rivoyat qiladilar:

"Bir kishi Oysha (r.a) ga:

"Menga Abu Bakrni sifatlab bering", dedi. Bas, u kishi:

"U oppoq, ozg'in, yanoqlari kichik, biroz egilgan, izori ikki yonboshida turmay, sirpanib ketadigan, yuzi ichiga kirgan, ko'zlari chuqur, peshonasi do'ngroq va qushdek yengil odam edi. Uning sifati ana shundoq", dedi".

Boshqa bir rivoyatda Oysha onamiz:

"Abu Bakr (soch-soqolini) hino va katm - maxsus bo'yoq bilan bo'yab yurardi", deganlar. Yana boshqa bir rivoyatda Anas rodiyallohu anhu:

"Rasululloh ( sollallohu alayhi vasallam ) madinaga kelganlarida u zotning sahobalari ichida Abu Bakrdan boshqa soch - soqoliga oq tushgani yo'q edi. U hino va katm bilan bo'yab yurardi", deganlar.[3]

  1. Abu Bakr Siddiq. OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
  2. Hadis va Hayot, 21-juz, Abu bakr va Umar rodiyallohu anxumo. 
  3. Hadis va Hayot, 21-juz, Abu bakr va Umar rodiyallohu anxumo.