Yetti erkin sanʼat
"YETTI ERKIN SANʼAT" (lot. "septem artes liberates") — oʻrta asrlar maktablarida va universitetlarning "artistik" (tayyorlov) fakultetlarida oʻrgatiladigan oʻquv fanlari. 2 bosqich — trivium (grammatika, ritorika, dialektika) va kvadrivium (arifmetika, geom., astronomiya, musiqa)dan iborat boʻlgan. "E.e.s." antik davrdayoq shakllangan. Oʻrta asrlar davrida dinning hukmronligi ortishi va madaniyatning inqirozi sababli eski davr olimlari tomonidan ilmning bu sohalariga qoʻshilgan boy mazmun diniy maqsadda foydalaniladigan oddiy maʼlumotlarning cheklangan miqdoridan iborat qilib qoʻyildi. Uygʻonish davrida ta'limga ehtiyojlari ortishi tufayli taʼlimning mazmuni oʻzgardi. "E.e.s"ning dunyoviy shakli tiklandi. "E.e.s" tizimi oʻrnini asta-sekin mumtoz gimnaziyalar tizimi egalladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |