Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro savdo-koʻrgazma majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro savdo-koʻrgazma majmuasi, "Toshkent plaza" xalqaro savdo koʻrgazma majmuasi — Toshkent shahridagi yirik savdokoʻrgazma markazi; majmua nomidagi "plaza" atamasi Sharqda keng maʼnoni anglatadigan tim soʻziga yaqin. 1999-yilda bunyod etilgan (meʼmori A.Toʻxtayev). "Interkontinental" mehmonxonasidan jan.rokda. 2 qavatli va yer osti omborxonasiga ega boʻlgan bino 3 ming kv. m dan ortiq savdo maydoniga ega. Usti yopiq ichki hovli (atriy) meʼmoriy mujassamotning markazida, uning ikki yonida rastalar joylashgan. Savdo rastalaridan dunyoga mashhur firmalarning doʻkonlari oʻrin olgan. Hovli markazida hovuz va uning tomida suvi past (hovuz)ga oqib tushadigan favvora joylashtirilgan. Maʼmuriyat, uchrashuvlar zali 1qavatda joylashgan.

Majmua Amir Temur koʻchasi bilan sobiq Xalq xoʻjaligi yutuklari koʻrgazmasining bosh paviloni oldini oʻzaro bogʻlaydi[1].

  1. OʻzME