Jizzax haqiqati
"JIZZAX HAQIQATI" - Jizzax viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gaz. Jizzax sh.da oʻzbek tilida haftada 2 marta chiqadi. Gaz.ning birinchi soni 1974-yil 1 mayda nashr etilgan. Taniqli jurnalistaar Islom Usmonov, Nushar Qarshiboyev, Xolmuhammad Nurullayev va b. oʻz faoliyatlarini mazkurgaz.da boshlaganlar. Gaz. viloyat hayotini, undagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yoritadi. Uning sahifalarida Jizzax dashti, Zomin, Forish choʻllarini kompleks oʻzlashtirish, Marjon buloq oltin koni, Forish temir va qoʻrgʻoshin konlarini, Jizzax akkumulyator zavodi, plastmassa quvurlari zavodi, ip yigiruv f-kasi kabi korxonalarning qurilishi va ishga tushirilishi haqida maqolalar berilgan. Bundan tashqari, qishloq madaniyatini rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatda huquqiy demokratik davlat barpo etish, mamlakat va viloyat miqyosidagi sport yangiliklarini keng yoritish mazkur gaz.ning doimiy mavzularidir. Gaz. tahririyati tashabbusi bilan 1974-yilda tashkil etilgan ishchi va qishloq muxbirlari xalq universitetini 1800 tinglovchi bitirdi (2001). Gaz.ning mahalliy boshqaruv, ijtimoiy masalalar va maʼnaviyat, iqtisodiyot, agrosanoat, qonunchilik va huquq tartibot, xatlar va ommaviy ishlar boʻlimlari bor. Adadi 7000 nusxa (2002).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |