Farhod
Qiyofa
("Farhod"dan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Farhod — Samarqand viloyatidagi shaharcha. Zarafshon daryosining oʻng sohilida joylashgan. Samarqand shahridan 6 km. Aholisi 4,8 ming kishi (2003). 1981-yilda tashkil etilgan. Samarqand shahar Kengashiga qaraydi.
Farhodda temirbeton plitalar ishlab chiqarish, asfaltshagʻal saralash zavodlari, Oʻzbekiston—Angliya—AQSH "OʻzBAT" (tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladi), Oʻzbekiston—Turkiya (toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi) qoʻshma korxonalari, suv xoʻjaligi qurilish taʼminoti boshqarmasi, avtokorxona, zovurariqlarni tozalash mexanizatsiyalashgan birlashmasi bor. 3 umumiy taʼlim, musiqa maktablari, sport maydoni, kasalxona, poliklinika, 5 dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |