Al-izoh
Qiyofa
("Al-Izoh"dan yoʻnaltirildi)
"Al-izoh" – haftalik, diniy, adabiy, ilmiy, siyosiy jurnal. Toshkentda "Ulamo" jamiyati tomonidan chop etilgan. Birinchi soni 1917-yil 19-iyunda chiqqan. Mudarris Abdumalikhoji Abdunabi oʻgʻli muharrirlik qilgan. Maqolalar koʻproq diniy masalalar boʻyicha savol-javoblar shaklida berilgan. Islomda bidʼat va xurofotga qarshi turishga intilgan. „Al-izoh“da mulla Muhammadazim Roʻzimuhammad oʻgʻli, mulla Hamidxoʻja, Said Maqsudxon, mulla Toshpoʻlat qori, mulla Pirmuhammad oʻgʻli, Saidahmad Vasliy, mulla Mirzo Oxunjon maxsum, mulla Tursunmuhammad aʼlam Turkistoniy va boshqa qatnashgan. 1918-yil martidan chiqishdan toʻxtagan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |